Toshkent shahrining Sergeli tumanida 5 mart kuni noma’lum shaxs qarovsiz qoldirilgan, fuqaro S.R.ga tegishli “VAZ-2105” rusumli avtomashinasini haydab qochgan.
Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Do‘stlik jamoa xo‘jaligi hududidan avtomashina to‘liq yongan holda topilgan, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Sergeli tumanida yashovchi I.G. va T.G. sodir etganliklari aniqlanib, qo‘lga olinganlar.
Shuningdek, Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 6 mart kuni soat 21.30larda Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi S.N. boshqaruvidagi “Mersedes-bens” rusumli avtomashinasini Bunyodkor shohko‘chasida joylashgan “Avtotexxizmat” binosi oldida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay, yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.
Natijada avtomashina yo‘lovchilari O.A. va J.Q. jarohat olib, shifoxonaga keltirilganlarida vafot etganlar hamda avtomashina haydovchisi S.N.ga shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi