15:12 / 08.03.2018
4 802

Toshkentda Mercedes daraxtga borib urildi, qurbonlar bor

Toshkentda Mercedes daraxtga borib urildi, qurbonlar bor
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi ikki kishining umriga zomin bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.

6 mart kuni soat 21.30 larda Toshkent viloyati, Zangiota tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan S.Nosirov Mercedes-Benz rusumli mashinasini Bunyodkor shohko‘chasidagi “Avtotexxizmat” binosi oldida haydab ketayotib, boshqaruvni uddalay olmay, yo‘l chetidagi daraxtga urildi.

Oqibatda avtomobil yo‘lovchilari O.Abdug‘aniyev va J.Qayumov jarohat olib, kasalxonaga keltirilganida hayotdan ko‘z yumdi.

Haydovchi omon qoldi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda Mercedes daraxtga borib urildi, qurbonlar bor