18:15 / 08.03.2018
5 657

YHX xodimlarining qachondan kameralar bilan ishlashi ma’lum bo‘ldi

YHX xodimlarining qachondan kameralar bilan ishlashi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekisotonda YHX xodimlari joriy yilning sentyabr oyidan mini kameralar bilan ta’minlanadi. Bu haqda IIV YHX boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Erali Bozorov ma’lum qildi.

Ushbu tadbir bo‘yicha Bozorov quyidagilarni aytib o‘tdi:

“Bu YHX xodimlarini mini kameralari bilan ta’minlashning dastlabki bosqichi bo‘ladi. Hozirda ushbu masala yuzasidan tajriba almashinuv ishlarini olib boryapmiz. Biz xorijiy tajribani o‘rganib, xodimlarni to‘liq mini kameralar bilan ta’minlashni rejalashtirganmiz. Bu masala oson ish emas, albatta, shuning uchun buning ustida yaxshilab tajriba o‘tkazib ko‘rishimiz zarur”.

Boshqarma hozircha qancha mini kameralar sotib olganini va necha nafar xodim bu kameralar bilan ta’minlanishini ma’lum qilmadi.

Ta’kidlash joizki, ushbu tadbirdan xodimlarning o‘z vazifasini suiiste’mol qilmasdan bajarishi va haydovchilar bilan rasmiy munosabatda bo‘lishini ta’minlash maqsad qilingan.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur tadbir Yevropa davlatlaridan Buyuk Britaniyada juda samarali qo‘llanadi. MDH mamlakatlaridan esa Rossiya va Belorussiyada ham ijobiy natija bergan va bu tadbir YHX xodimlari ustidan shikoyatlarning kamayishiga olib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yilning 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida YHX xodimlari formasiga videokamera o‘rnatilishini ma’lum qilgani haqida xabar bergan edik.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » YHX xodimlarining qachondan kameralar bilan ishlashi ma’lum bo‘ldi