Foto: “President.uz”
Dushanbe shahridagi “Qasri Millat” qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, davlat madhiyalari yangradi.
Marosimdan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon yakkama-yakka muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident taklif va samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, ikki xalq ushbu uchrashuvni uzoq kutganini qayd etdi. Davlat rahbarlarining o‘tgan yili bo‘lib o‘tgan uchrashuvlari siyosiy ishonch darajasini oshirib, O‘zbekiston-Tojikiston hamkorligiga yangi sur’at bag‘ishladi.
Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, suv-energetika, turizm, madaniy-gumanitar sohalarda va hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning o‘zaro qatnovi uchun qulayliklarni oshirish masalalari muhokama etildi.
Ikki mamlakat hukumatlariga o‘zaro savdo hajmini oshirish va uning tarkibini diversifikatsiya qilish masalalarini o‘rganish topshirildi. Foydalanilmayotgan zaxiralarni ishga solish bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlandi, turli qo‘shma ishchi guruhlar tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.
Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, bugungi tahdid va xatarlarga qarshi samarali kurashish masalalari ko‘rib chiqildi.
Фото: Тожикистон президенти матбуот хизмати
Фото: Тожикистон президенти матбуот хизмати
Фото: Тожикистон президенти матбуот хизмати
Фото: Тожикистон президенти матбуот хизмати
Фото: Тожикистон президенти матбуот хизмати
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi