07:05 / 10.03.2018
5 001

O‘zbekistonda 2017 yilda 54 nafar sudyalar intizomiy jazoga tortildi

O‘zbekistonda 2017 yilda 54 nafar sudyalar intizomiy jazoga tortildi
2017 yilda O‘zbekistonda Sudyalar oliy kengashi tomonidan sudyalarga nisbatan 54 ta intizomiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ularni muhokama etish natijalariga ko‘ra 28 nafar sudyaga hayfsan berildi, 16 nafar sudyaga nisbatan jarima chorasi qo‘llanildi. 8 ta intizomiy ish tugatilgan, 2 nafar sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish masalasini hal qilish uchun ish materiallarini vakolatli organga yuborish haqida qaror qabul qilindi.

Qo‘zg‘atilgan intizomiy ishlarning 20 tasi fuqarolik ishlari bo‘yicha, 24 tasi jinoyat ishlari bo‘yicha, 5 tasi iqtisodiy hamda 5 tasi ma’muriy sudlarning sudyalariga to‘g‘ri keladi. Shulardan 42 tasi birinchi marta 5 yil muddatga tayinlangan sudyalarga, 9 tasining sudyalik staji navbatdagi 10 yil muddatga, 3 tasining sudyalik staji esa sudyalik lavozimining muddatsiz davriga to‘g‘ri keladigan sudyalarga tegishlidir.

Tahlillarga ko‘ra, intizomiy ishlarning aksariyat qismi jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga (12 ta), fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati (6 ta), Surxondaryo (5 ta) viloyat sudlariga oiddir.

Mazkur intizomiy ishlarning 41 tasi Sudyalar oliy kengashining tashabbusi bilan qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, qolgan 1 tasi sudlar tomonidan chiqarilgan xususiy ajrim natijasi bo‘yicha, 12 tasi joylardagi malaka hay’atlari tomonidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasiga ko‘ra qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 2017 yilda 54 nafar sudyalar intizomiy jazoga tortildi