09:04 / 13.03.2018
7 120

Toshkentda aka o‘z ukasini pichoqlab o‘ldirdi

Toshkentda aka o‘z ukasini pichoqlab o‘ldirdi
Toshkent shahrining Uchtepa tumanida 10 mart kuni soat taxminan 00.30 da Katta Qani 4-tor ko‘chasi 13-uyda yashovchi aka o‘z ukasiga bir necha marotaba pichoq uradi, deb yozadi Uznews nashri.

1982 yilda tug‘ilgan R.Muhamedov mast holda uyida o‘zaro janjal oqibatida birga yashagan ukasi, 1988 yilda tug‘ilgan Z.Muhamedovning ko‘krak va qorin qismlariga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada Z.Muhamedov voqea joyida vafot etgan. R.Muhamedov esa qo‘lga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda aka o‘z ukasini pichoqlab o‘ldirdi