10:22 / 13.03.2018
6 054

MXX Rossiyada terakt uyushtirishni rejalashtirgan o‘zbekistonlik jangarini qo‘lga oldi (video)

MXX Rossiyada terakt uyushtirishni rejalashtirgan o‘zbekistonlik jangarini qo‘lga oldi (video)
Milliy xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati boshqarmasi Yaqin Sharqda olti yil terrorchilar safida bo‘lib, Turkiya orqali O‘zbekistonga kirib kelish rejasini tuzgan va Rossiyada teraktlar tayyorlagan Marg‘ilon fuqarosini qo‘lga oldi, deya xabar bermoqda Daryo nashri «O‘zbekiston 24» telekanaliga asoslanib.

Ahmadjonov Abdulbosid Kamoliddin o‘g‘li 1996 yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. 16 yoshida pul ishlab topish uchun otasi bilan birga Turkiyaga ketgan, u yerda esa yoshlarni Suriyaga jo‘natish bilan shug‘ullanadigan shaxs bilan tanishgan. Ahmadjonov keyinroq Suriyada faoliyat yurituvchi «Tavhid va jihod» terrorchilik guruhi a’zosiga aylangan. 2016 yilda esa Suriya hududiga o‘tib ketgan.

Hodisa haqida «O‘zbekiston 24» lavhasida batafsil tanishing.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MXX Rossiyada terakt uyushtirishni rejalashtirgan o‘zbekistonlik jangarini qo‘lga oldi (video)