12:10 / 13.03.2018
7 318

Toshkentda niqob kiyib bosqinchilik qilgan uch erkak va bir ayol...

Toshkentda niqob kiyib bosqinchilik qilgan uch erkak va bir ayol...
Toshkent shahrining Sergeli tumanida 10 mart kuni soat 04:00 atrofida 4 nafar noma’lum shaxs yuziga niqob taqqan holda M.Saidovaning uyiga bostirib kirdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga tayanib Daryo ma’lum qildi.

Bosqinchilar ayolni urib, jarohat yetkazib, pullari hamda ikki mobil telefonini olib, voqea joyidan yashirindi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan D.Abduvaitov, Sariosiyo tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan A.Ashuraliyev va 1989 yilda tug‘ilgan T.Nazarova, Andijon viloyati, Oltinko‘l tumanida ro‘yxatda turib, vaqtincha Sergeli tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan B.Begmuratov sodir etgani aniqlandi.

Bosqinchilar qo‘lga olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda niqob kiyib bosqinchilik qilgan uch erkak va bir ayol...