17:06 / 13.03.2018
17 166

Diqqat!!! Turkiyada ishlashni xohlagan fuqarolar uchun tanlov boshlandi

Diqqat!!! Turkiyada ishlashni xohlagan fuqarolar uchun tanlov boshlandi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Turkiyaning Tayga grup kompaniyasi bilan Turkiyada ishlash O‘zbekiston fuqarolarini tanlov asosida qabul qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi, deya xabar qildi agentlik matbuot xizmati.

Tayga grup 2006 yildan buyon Antaliyada faoliyat ko‘rsatib, Antaliya, Istanbul, Izmir, Mug‘la, Denizli va Gaziantep shaharlarida turizm xizmatlarini ko‘rsatadi, xorijliklarga ishlash uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish va talabalar amaliyotlarini tashkil etishda ko‘maklashadi.

O‘zbekiston fuqarolari uchun Tayga grup xona tozalovchi, idish-tovoq yuvuvchi, mehmonxona hududini tozalovchi, animatorlar, qabul bo‘limi xizmatchisi, servis va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatchi (ofitsiantlar, barmenlar va ularning yordamchilari), mehmonlar bilan ishlash bo‘limi xizmatchisi (shveysar) hamda oshxona ishchilari (oshpaz va uning yordamchisi) vazifalariga bo‘sh ish o‘rinlarini e’lon qildi.

Kuniga sakkiz soat, haftasiga besh ish kuni uchun 1604 turk lirasi (430 dollar) haq to‘lanadi. Nomzodlar 18−45 yosh bo‘lishi, eng kamida o‘rta-maxsus ma’lumotli va rus tilida erkin suhbatlasha olishi (turk, ingliz tillarini bilish maqsadga muvofiq) lozim. Transport xarajatlari, yashash, ovqatlanish va o‘qitish xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi.

Qiziqish bildirgan fuqarolar 14−17 mart kunlari tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligiga tanlovda qatnashish uchun kelishlari lozim.

Turk kompaniyasi vakolatli vakili Mehmet Yavuz Kalkanning ma’lum qilishicha, Turkiya mehmonxona biznesi sohasida rus tilini va imkon darajasida ingliz tilini bilgan kadrlarga ehtiyoj sezmoqda. Mehmonxona biznesi sohasida ishlar mavsumiy xarakterga ega bo‘lsa ham, mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi.

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boshlig‘i Ravshan Ibragimovning ta’kidlashicha, agentlik mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirmoqda. Avval fuqarolarni tashkiliy tanlab olish Koreya Respublikasi, Rossiya, Yaponiya va Polsha bilan yo‘lga qo‘yilgan edi. Hozirda BAA bilan hamkorlik boshlanmoqda. Agentlik Germaniya, Qozog‘iston va Ummon bilan ham hamkorlikni o‘rnatish bo‘yicha ishlarni olib bormoqda.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Diqqat!!! Turkiyada ishlashni xohlagan fuqarolar uchun tanlov boshlandi