00:05 / 15.03.2018
4 764

Tojikiston fuqarolari 16 martdan boshlab O‘zbekistonga vizasiz kirishi mumkin

Tojikiston fuqarolari 16 martdan boshlab O‘zbekistonga vizasiz kirishi mumkin
O‘zbekiston Pezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 martdagi qarori bilan 9 mart kuni Dushanbedagi tashrif chog‘ida imzolangan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolarining ikki davlat hududida vizasiz safar qilishi haqidagi hukumatlararo kelishuvni tasdiqladi. Bu haqda, O‘zbekiston TIVga tayanib, «Gazeta.uz» xabar berdi.

Navro‘z bayrami arafasida ikki mamlakat aholisi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida mazkur kelishuvning rasman kuchga kirguniga qadar uni Tojikiston fuqarolariga nisbatan vaqtincha qo‘llash haqida qaror qabul qilindi.

Qarorda ta’kidlanishicha, kelishuv rasman kuchga kirguniga qadar 2018 yil 16 martdan boshlab uning qoidalari O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib keluvchi, u orqali tranzitni amalga oshiruvchi va unda vaqtincha bo‘luvchi Tojikiston Respublkasi fuqarolariga nisbatan qo‘llaniladi.

Shu tariqa, Tojikiston fuqarolari 16 martdan boshlab O‘zbekiston hududida 30 kun davomida amaldagi safar hujjatlari asosida vizasiz safar qilishi mumkin.

Kelishuvning kuchga kirishi va uning Tojikistonga safar qiluvchi O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan qo‘llanilishi sanasi haqida keyinroq xabar berilishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tojikiston fuqarolari 16 martdan boshlab O‘zbekistonga vizasiz kirishi mumkin