Qozog‘iston Respublikasi 2018 yilni mamlakatda O‘zbekiston yili deb e’lon qilgan edi. Shu munosabat bilan «Ostona opera» teatrida tashkil etilgan tantanali marosim bo‘lib o‘tmoqda.
Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston Prezidentlari va Markaziy Osiyo davlatlari delegatsiyalari a’zolari, diplomatik korpus vakillari, xorijlik faxriy mehmonlar ishtirok etmoqda, deyiladi O‘zA xabarida.
Marosimda Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev nutq so‘zladilar. O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari mazkur yirik tadbir ikki xalq o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish va do‘stlik rishtalarini mustahkamlashda muhim rol o‘ynashini ta’kidladilar.
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish yo‘lidagi ulkan xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni birinchi darajali «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi.
O‘zbek san’at ustalarining chiqishlari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Qozog‘istonda O‘zbekiston yili doirasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar, festivallar o‘tkazish, Qozog‘iston madaniyat ahlining O‘zbekistonda tashriflarini amalga oshirilishi mo‘ljallangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi