12:45 / 17.03.2018
14 593

Endi majburiy avtosug‘urta narxi ikki baravar arzonlashadi

Endi majburiy avtosug‘urta narxi ikki baravar arzonlashadi
O‘zbekistonda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash polisi narxini ikki baravarga tushirish rejalashtirilmoqda.

Bugungi kunda bunday sug‘urta polisi narxi 400 ming so‘mdan ortiqroqdir. O‘zgarishlarga asosan, yaqin vaqt ichida bu narxni 200 ming so‘mgacha etib belgilash rejalashtirilmoqda.

"Bundan tashqari, yana bir yangilik – ranglari bilan farq qilib turuvchi ikki xil sug‘urta blankini joriy etishni rejalashtirmoqdamiz. Hozirda sug‘urtaning barcha turlari uchun yagona universal blankdan foydalaniladi, endilikda cheklovlarsiz alohida sug‘urta blankini ajratish rejalashtirilmoqda", — dedi Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi direktori Latif Zokirov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu sug‘urta polisining noto‘g‘ri qo‘llanilishi, turli ko‘rinishdagi tovlamachiliklarning oldini oladi hamda uni olish jarayonini shaffof va osonlashtiradi.

Eslatib o‘tamiz, "Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida"gi qonun 2008 yil aprelda qabul qilingan. Unda transport vositasiga egalik qilish huquqi vujudga kelganda transport egasi unga egalik qilish huquqi vujudga kelgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashi shartligi ko‘rsatilgan. Majburiy sug‘urta shartnomasi bir yil muddatga tuziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi majburiy avtosug‘urta narxi ikki baravar arzonlashadi