06:02 / 18.03.2018
5 862

Vazir o‘rinbosari: «O‘qituvchilarni tinch qo‘ying!»

Vazir o‘rinbosari: «O‘qituvchilarni tinch qo‘ying!»
Alisher Sa’dullayev — Xalq ta’limi vazirining eng yosh o‘rinbosari.
«Facebook» / Sadullaev Alisher

14 mart kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida ko‘cha tozalash ishlariga jalb qilingan 23 yoshli Diana Yenekeyevani katta yo‘ldagi to‘siqlarni oqlash chog‘ida yuk mashinasi urib ketgani, o‘qituvchini zudlik bilan shifoxonaga olib borishlariga qaramay joni uzilgani haqida xabar bergan edik.

«Xabar.uz»ning Samarqanddagi maxsus muxbiri Karimberdi To‘ramurod Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 42-maktabning mehnat ta’limi o‘qituvchisi, 23 yoshli Diana Yenekeyevaning o‘limiga sabab bo‘lgan hodisani o‘rgandi va fojia o‘qituvchilar O‘zbekiston Prezidentining tashrifi munosabati bilan ixtiyoriy-majburiy jamoat ishlariga jalb qilinganda ro‘y berganini aniqladi.

Mazkur voqea jamoatchilikni larzaga keltirdi, minglab yurtdoshlarimizni chuqur qayg‘uga soldi. Ijtimoiy tarmoqlar mavzuga doir postlar va izohlar bilan to‘lib-toshdi.

Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev ham ro‘y bergan fojiaga o‘z munosabatini bildirdi. U «Facebook»dagi sahifasida quyidagilarni yozdi:
«Xalqimiz azaldan ustozlarni ardoqlab kelgan. Ilm tarqatuvchilarga berilgan e’tibor va ehtirom, Xudo xohlasa, o‘z natijasini beradi. Har bir rahbar maktabda o‘qigan hamda ustoz ko‘rgan va ishonchimiz komil ular o‘z ustozlarini ardoqlashadi. Hali bu kabi yumushlarni innovatsiya orqali yengillashtirish va katta yutuqlarga erishish mumkin. Buning uchun faqat o‘qituvchilarga bor imkoniyatni yaratib berishimiz zarur shunda o‘qituvchi emas innovatsiya bizga yechim bo‘ladi. Iqtisodimiz gullab-yashnaydi. Yurtboshimiz ham xalqimiz g‘amida tinim bilganlari yo‘q. Xudo xohlasa, kunlar kelib bu kunlarni eslab yuramiz. Har qanday rivojlangan davlat ham ta’lim orqali rivoj topgan. Hamma do‘stlarimizdan bo‘lar-bo‘lmas gaplar emas, xolis yondoshilgan ko‘mak va talqin kutib qolamiz.

Bas, yetar! O‘qituvchilarni tinch qo‘ying. Hamma o‘z ishini qilsin. Parlament a’zolari, deputatlar va boshqa davlat organlari kelinglar bir me’yoriy hujjat ishlab chiqaylik. Millat taqdiri-ku axir!
»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vazir o‘rinbosari: «O‘qituvchilarni tinch qo‘ying!»