Qoraqalpog‘istonning Nukus shahri yaqinida Gollandiyaning Dalsem kompaniyasi pomidor yetishtirish uchun maydoni 2,7 gektarga teng bo‘lgan issiqxona qurmoqda. Qiymati olti million yevroga teng bo‘lgan loyihani joriy yilning avgust oyi oxiriga qadar yakunlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda AgroWorld Uzbekistan 2018 13-xalqaro ko‘rgazmasida kompaniya menejeri Farhod Rahmatov ma’lum qildi.
Issiqxonada gidroponika tizimi qo‘llaniladi, sabzavotlar maxsus osma lotoklarda yetishtiriladi. Qurilma balandligi yetti metrga yaqin bo‘ladi. Issiqxonalarda isitishning bir necha bosqichi qo‘llaniladi.
Changlatish asalarilar yordamida amalga oshiriladi, bu ekologik toza mahsulot olish imkonini beradi. Barcha tizimlar o‘simliklar uchun optimal mikroiqlim yaratish uchun o‘ylab chiqilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi