«O‘zbekiston 24» telekanalida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga amalga oshirgan tashrifiga bag‘ishlangan reportajda Davlat rahbarining Imom Buxoriy ziyoratgohida qilgan niyatlari, o‘qigan duosi ko‘rsatildi.
Xudo taoloning o‘zi, ulug‘ bobolarimiz bizga madadkor bo‘lib, kuch-qudrat berib turibdi. Xalqimizning og‘irini sal yengil qilsak, ana shunda shu buyuk ajdodlarimizga munosib bo‘lamiz. Hozir qilayotgan hamma harakatlarimiz shu bilan chambarchas bog‘liq. Bahorning ilk kunlarida, Navro‘zi ayyom arafasida shu ziyoratga kelishimiz bejiz emas.
Mana shu bobomiz ko‘p og‘ir, mushkul masalalarimizni yechishga madadkor bo‘lib kelyaptilar. Sizlarga katta rahmat — masjidlarda, juma namozlarida xalqimizni insof, diyonat, mehnatga chaqirishga juda katta urg‘u beryapsizlar.
Harakat bo‘lmagan davlatda baraka bo‘lmaydi. Mana, ekin-tekinlarni boshlayapmiz, Xudoning o‘zi balo-qazosidan asrasin. Iloyim, birimiz ikki bo‘lsin. Dalaga chiqib, mehnat qilayotgan xalqimizning dasturxoni butun bo‘lsin. Hamma niyatlarimizni amalga oshirib, Xudo kelgusi yil shu kunlarda eson-omon shu yerlarda ko‘rishish nasib qilsin.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
Prezident Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilgani haqida avval ham xabar berilgan edi. Shu yerda Shavkat Mirziyoyevga majmuani rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha taqdimoti o‘tkazilgan edi. Prezident loyihani takomillashtirish, majmuadagi sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi