21:02 / 20.03.2018
5 254

Shavkat Mirziyoyev: "Biz uyg‘onishimiz kerak!" (video)

Шавкат Мирзиёев: "Биз уйғонишимиз керак!" (видео)
Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida 17 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishdan maxsus reportaj «O‘zbekiston 24» telekanali orqali namoyish etildi.

O‘zbekiston davlat rahbari o‘z nutqi davomida Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro va Navoiydagi uchrashuvlarda ta’kidlagan bir fikrini yana takrorladi — tashqaridan birov kelib, biz uchun hech narsa qilib bermaydi.

O‘ylaymanki, Samarqand faollari, bugun studiyalarda o‘tirgan barcha oqsoqollarimiz to‘g‘ri tushunasizlar — biz uyg‘onishimiz kerak.

Men sizlardan ta’zim qilib iltimos qilaman, buni ming marta aytishdan charchamayman — hech kim hech qachon tashqaridan kelib, O‘zbekiston yo Samarqand uchun hech narsa qilib bermaydi, qilib bermagan ham.

Qachon bizni tan olishadi? Qachonki qudratli, kuchli bo‘lsak. Qachon kuchli bo‘lamiz? Mehnat qilsak. Agar bizga odamlar ishonsa, ularni ishontirolsak, qudratli bo‘lamiz. Buyuk bo‘lamiz.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: "Biz uyg‘onishimiz kerak!" (video)