Dushanbeda O‘zbekistondan ilk bor vizasiz tartibda kelgan sayyohlar guruhi non va tuz bilan kutib olindi, deb xabar qilmoqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi.
“Tojikistonga, hammamiz hurmat qiladigan, qardosh O‘zbekistondan birinchi sayyohlar guruhi yetib keldi. Tojikistonga xush kelibsiz!”, — deyilgan qo‘mita xabarida.
Dushanbedagi "Dusti" maydonidagi Ismoil Somoni haykali oldidan turistik kompaniya vakillari "Salom, Tojikiston" tadbirini o‘tkazishdi. Tadbir doirasida ular o‘z xizmatlari, sayohatni yanada qiziqarli, qulay va unutilmas qiladigan xizmatlar haqida so‘zlab berishdi.
Eslatib o‘tamiz, 9 mart kuni O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari ikki mamlakat fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz kirish haqida shartnoma imzolashgan edi. Ikki kun oldin, 19 martdan boshlab esa – O‘zbekiston va Tojikiston orasida 30 kungacha vizasiz kirib-chiqish tartibi kuchga kirdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?