12:45 / 22.03.2018
3 780

Mashhur “Poyedem, Poyedim!” turistik shousi yana O‘zbekiston haqida bo‘ladi

Mashhur “Poyedem, Poyedim!” turistik shousi yana O‘zbekiston haqida bo‘ladi
Rossiyaning NTV kanalida efirga uzatiladigan “Poyedem, Poyedim!” nomli mashhur sayyohlik shousining navbatdagi sonlaridan biri O‘zbekistonga bag‘ishlanadi.

O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi PR-markazi taklifiga binoan yurtimizga tashrif buyurgan mazkur ko‘rsatuvning suratga olish guruhi 19 – 26 mart kunlari Toshkent shahri va diyorimizning janubiy hududlarida faoliyat yuritadi. Joriy yil fevral oyidan boshlab mazkur qo‘mitaning asosiy axborot hamkoriga aylangan “Dunyo bo‘ylab” telekanali xodimlari rossiyalik hamkasblariga texnik va ijodiy ko‘mak ko‘rsatadi, shuningdek, mahalliy efir uchun maxsus ko‘rsatuv ham tayyorlashadi.

Eslatib o‘tamiz, “Poyedem, Poyedim!” pazandachilik-etnografik shousi O‘zbekistonga ikkinchi bor tashrif buyurdi. 2015-2016 yillarda mazkur shou uchun ingliz teleboshlovchisi Jon Uorren tomonidan O‘zbekiston haqida tayyorlangan ko‘rsatuv muxlislarda katta qiziqish uyg‘otgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mashhur “Poyedem, Poyedim!” turistik shousi yana O‘zbekiston haqida bo‘ladi