Qozog‘istonlik tadbirkor Aydin Rahimboyevga qarashli kompaniya xodimlari Aqto‘be viloyatida avtobus yonib ketishi oqibatida halok bo‘lganlarning oilalariga 10 million tenge yig‘ib tarqatishdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, xayriya tadbirida kompaniyaning 1300 nafar xodimlari va aksionerlari ishtirok etdi.
"Ko‘pchilikning farzandi yetim qoldi, oilalar bir onda o‘z boquvchilaridan ayrildilar. Afsuski, pullarni oilalarga tarqatish uchun rasman ruxsatnoma olishga bir oy vaqt ketdi. Lekin biz sabr bilan kutdik va har bir oilaga borib qardosh xalqimizga o‘z ta’ziyamizni bildirdik", — deb yozadi ijtimoiy tarmoqda Rahimboyev.
Qurilish kompaniyasi rahbarining yozishicha, ayrim oilalar bundan hayratga tushishgan, ayrimlar esa pulni olishdan voz kechishgan.
Eslatib o‘tamiz, 18 yanvar kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida Samara — Chimkent trassasida ichida 57 kishi bo‘lgan avtobus yonib ketdi. Yong‘in oqibatida 52 kishi halok bo‘ldi, ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari edi. Besh kishi – uch qozog‘istonlik va ikki o‘zbekistonlik fuqaro omon qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi