13:03 / 30.03.2018
6 719

Bo‘stonliqda erkak avtomashina ichida o‘zini yoqib yubordi

Bo‘stonliqda erkak avtomashina ichida o‘zini yoqib yubordi
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida ko‘ngilsiz voqea yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, Bo‘stonliqda 28 mart kuni soat 16.10larda, G‘azalkent shahar Amangeldi ko‘chasida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan J.K. mast holda Ibn Sino ko‘chasida tanishi, 1987 yilda tug‘ilgan Sh.H. boshqaruvidagi “VAZ-2101” rusumli avtomashinasi salonida o‘z joniga suiqasd qilib, o‘zining ustidan benzin yoqilg‘isini quyib, o‘t qo‘yib yuborgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida avtomashina saloni qisman yonib, zarar ko‘rgan va J.K. hamda haydovchi Sh.H. kuyish jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bo‘stonliqda erkak avtomashina ichida o‘zini yoqib yubordi