17:16 / 02.04.2018
5 176

Tojikiston – O‘zbekiston chegarasini har kuni 10 mingdan ortiq fuqarolar kesib o‘tmoqda

Tojikiston – O‘zbekiston chegarasini har kuni 10 mingdan ortiq fuqarolar kesib o‘tmoqda
Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent va Dushanbe o‘rtasidagi viza rejimi bekor qilinganidan so‘ng Tursunzoda-Sariosiyo va Panjakent-Samarqand yo‘nalishida har ikki davlatdan o‘rtacha 2 mingga yaqin fuqaro har kuni Tojikiston-O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tmoqda.

Boshqa nazorat-o‘tkazish punktlarida har ikki davlat fuqarolari tomonidan ikki davlat chegarasini kesib o‘tmoqchi bo‘lganlar soni har bir sutkada 400dan 1 ming kishiga yaqinni tashkil etmoqda, deya ta’kidlab o‘tishgan Tojikiston chegara qo‘shinlaridan.

“Umumiy hisobda, har kuni ikki davlat o‘rtasidagi chegarani 10 mingdan ortiq fuqaro kesib o‘tmoqda, O‘zbekiston yoki Tojikistonga bormoqchi bo‘lganlar soni har kuni o‘sib bormoqda”, - deya ma’lum qilishgan Tojikiston chegara qo‘shinlaridan.

Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot kotibi Muhammad Ulug‘xo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat O‘zbekiston bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlarida ishlayotgan o‘z chegarachilari sonini asta-sekin oshirmoqda. Bu chegarani kesib o‘tish chog‘ida katta navbatlar paydo bo‘lmasligi uchun qilinyapti.

O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, 2017 yilning 9 oyi davomida O‘zbekiston TIV Konsullik boshqarmasi va konsullik muassasalari tomonidan eng ko‘p konsullik harakatlari O‘zbekistonning Tojikistondagi elchixonasida amalga oshirilgan – 55 ming 938, deb xabar bermoqda AP.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi chegarada 1 mart kuni bitta temir yo‘l va sakkizta avtomobil o‘tkazish punkti, shuningdek, bitta chegara posti o‘z ishini tikladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tojikiston – O‘zbekiston chegarasini har kuni 10 mingdan ortiq fuqarolar kesib o‘tmoqda