23:38 / 03.04.2018
5 451

Toshkentda “Yandeks.Taksi” avtomobillari paydo bo‘ldi (foto)

Toshkentda “Yandeks.Taksi” avtomobillari paydo bo‘ldi (foto)
Toshkentda “Yandeks.Taksi” avtomobillari paydo bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Spot nashri.

Poytaxtdagi bir nechta taksoparklar haqiqatan ham Rossiya kompaniyasi bilan so‘nggi bir-ikki oydan buyon muzokaralar olib borilayotganligini ma’lum qilishgan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkentda ushbu taksida yurish 1-2 kilometr uchun 2 ming so‘mni tashkil qiladi.

Foto: Spot
Ayni paytda dasturda Toshkent bo‘ylab safarlar mavjud emas, taxi.yandex.uz sayti ham ishga tushirilgani yo‘q. Servis Toshkentda qachon ish boshlashi hozircha noma’lum. “Yandeks.Taksi” kompaniyasining o‘zi ham bu borada izoh bergani yo‘q.

Nashrning eslatishicha, avvalroq “Yandeks.Taksi” Toshkentda rus va o‘zbek tillarini biladigan xodimlar qidirayotgani haqida e’lon bergan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda “Yandeks.Taksi” avtomobillari paydo bo‘ldi (foto)