23:30 / 04.04.2018
9 149

Jizzaxda 2 Nexia to‘qnashib, yonib ketdi va 8 kishi halok bo‘ldi (video)

Jizzaxda 2 Nexia to‘qnashib, yonib ketdi va 8 kishi halok bo‘ldi (video)
Jizzax viloyatining Paxtakor tumani hududidan o‘tgan 4R-34 “Jizzax—Gagarin” yo‘lining 49-kilometrida ikki Nexia to‘qnashib, yonib ketdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Hodisa 4 aprel kuni soat 12:40 atrofida yuz bergan. Ijtimoiy tarmoqlar, Telegram’dagi ommabop kanallarda voqea joyidan video va fotolar paydo bo‘lgan.

Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro haydab kelayotgan Nexia “Jizzax—Do‘stlik” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotib, qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan arnasoylik 26 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Nexia bilan to‘qnashib ketgan.

Foto: Telegram / @kduzb
To‘qnashuvdan so‘ng yong‘in kelib chiqqan. Hodisa oqibatida har ikkala avtomobilda bo‘lgan barcha — jami sakkiz kishi halok bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda 2 Nexia to‘qnashib, yonib ketdi va 8 kishi halok bo‘ldi (video)