11:28 / 05.04.2018
7 462

Andijonlik qotil ona 3 yoshli o‘g‘lini nimaga o‘ldirganini aytdi (video)

Andijonlik qotil ona 3 yoshli o‘g‘lini nimaga o‘ldirganini aytdi (video)
Joriy yilning 2 aprel kuni Qo‘qon shahrida eshitgan insonni larzaga keltiradigan jinoyat sodir etilgani haqida xabar bergan edik.

“Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturining ijodkorlari tomonidan voqea joyidan lavha tayyorlashdi, deb ma’lum qiladi Darakchi nashri.

Xabarda aytilishicha, Qo‘qon shahrining Turkiston ko‘chasidagi bino oldidagi archa daraxtlari tagidan 3 yoshli voyaga yetmagan o‘g‘il bolaning jasadi topilgan.

O‘tkazilgan tezkor qidiruv-surishtiruv harakatlari davomida murg‘aq bolani qasddan o‘ldirgan inson o‘zining onasi bo‘lib chiqdi.

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida istiqomat qiluvchi Andijon viloyati Qo‘rg‘otepa tumani Ma’murobod qishlog‘i Namuna ko‘chasi 18-uyda istiqomat qiluvchi Saidaxon Tillavoldiyeva Murodjon qizi o‘zining o‘g‘li bo‘lgan, 2015 yil 4 noyabrda tug‘ilgan Firdavsbek Ibrohimjonovni bo‘g‘ib o‘ldirgan. Jinoyatni yashirish maqsasida qotil ona bolaning jasadini archa tagiga yashirib qo‘yadi.

Tezkor tadbirlar davomida 3 aprel kuni Saida Tilavoldiyeva Toshkent shahrida qo‘lga olingan. Mazkur videoni quyidagi >>>HAVOLA orqali ko‘rish mumkin.

Ayni kunlarda mazkur jinoyat buyicha tergov harakatlari olib borilmokda.

Eslatib o‘tamiz, Saidaxon Tillavoldiyeva turmushidan ajrashib, ota uyida yashay boshlagan. Joriy yilning 23 mart kuni esa oilaviy nizo tufayli 3 yoshli o‘g‘li bilan ota uyini tark etib, vaqtincha ishlash maqsadida Toshkent shahriga boradi. Lekin farzandi bilan o‘ziga mos ish topa olmaydi. 2 aprel kuni u farzandi Firdavsni vaqtincha qarab turishi uchun tanishi J.Uga qoldirish maqsadida Toshkentdan Uchko‘prik tumaniga keladi. Tanishi J.Uni topa olmagach, yo‘nalishli avtobusda Qo‘qon shahriga kelib, Qo‘qon–Toshkent avtobekati hududida o‘g‘lini bo‘g‘ib o‘ldiradi va ishlash maqsadida yana Toshkent shahriga qaytadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonlik qotil ona 3 yoshli o‘g‘lini nimaga o‘ldirganini aytdi (video)