17:15 / 06.04.2018
13 121

Abbos Xodjayevning IIBB xodimlari tomonidan qo‘lga olinishi (video)

Abbos Xodjayevning IIBB xodimlari tomonidan qo‘lga olinishi (video)
“Jinoyat olamida” mashhur bo‘lgan Abbos Xodjayevning Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan qo‘lga olinish holati videokuzatuvda qayd etilgan.

Abbos Xodjayevning yaqinlari “UzNews.uz”ga o‘z ukasining Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan “Tezikovka-dacha” kafesi eshigi oldida ushlangani haqida aytib berishdi hamda u to‘xtatib tekshirilmagani, balki IIBB xodimlari tomonidan kafega “bitta masala” yuzasidan gaplashib olish uchun chaqirilganini qo‘shimcha qilishdi.

Toshkent shahar IIBBning rasmiy internet nashri xabariga ko‘ra esa, 2017 yilning 13 sentyabr kuni soat 17: 00larda, ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan Mirobod tumani hududida o‘tkazilgan tadbir davomida, fuqaro Xodjayev Abbosxon Axmadovich to‘xtatib tekshirilganda, uning yonidan sotish maqsadida saqlab kelayotgan og‘irligi 0,34 gram bo‘lgan “geroin” giyohvandlik vositasi aniqlab olingan

Mazkur holat yuzasidan, Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25,273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Bu ma’lumot e’lon qilingan bir paytda, balki Toshkent shahar IIBB ta’kidlaganidek, Abbosning yonidan topildi deb aytilgan narkotik moddani “geroin” ekanligini o‘sha kunining o‘zidayoq “tegishli ekspertiza” tasdiqlab bergan bo‘lishi mumkin, lekin Abbos Xodjayevning yaqinlari “UzNews.uz”ga taqdim qilgan videoyozuvda esa, u to‘xtatib tekshirilmagan aksincha maxsus tadbir davomida qo‘lga olingani aks etgan.

Bundan tashqari, Abbos Xodjayev “ishi” bo‘yicha tergov harakatlarini Toshkent shahar IIBB internet nashrida aytilganidek, Mirobod tumani IIB Tergov bo‘limi emas, balki Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan olib borilgani ham ta’kidlanmoqda.

“Uznews.uz” 2018 yilning 5 aprel kuni Abbos Xodjayev “ishi” yuzasidan Olmazor tumani Jinoyat ishlari bo‘yicha sudida bo‘lgan sud majlisida ham ishtirok etdi. Ushbu sud majlisidan tayyorlangan maqolani esa yaqin vaqt oralig‘ida e’tiboringizga havola etamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Abbos Xodjayevning IIBB xodimlari tomonidan qo‘lga olinishi (video)