“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining "Boeing-767" samolyotida Tokio — Narita — Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qilgan 60 nafar yaponiyalik sayyoh yurtimizga tashrif buyurdi.
Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida mehmonlarni “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK hamda OAV vakillari kutib olishdi.
Bir haftalik safar dasturiga ko‘ra, yaponiyalik sayyohlar poytaxtimizning diqqatga sazovor joylari hamda Urganch, Samarqand va Buxoroning qadimiy me’moriy yodgorliklari bilan tanishishni rejalashtirishgan.
16 aprel kuni yurtimiz mehmonlari “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining samolyotida Yaponiyaga qaytib ketishadi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda Yaponiya fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etilgandan so‘ng, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi yaponiyalik sayyohlarni Fukuoko, Nagoya va Osaka shaharlaridan Samarqandga tashish uchun maxsus dastur asosida haftaning dushanba va payshanba kunlari qatnovlarni amalga oshirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi