12:25 / 13.04.2018
11 031

Kozim To‘laganov Qurilish vaziri o‘rinbosari bo‘ldi

Kozim To‘laganov Qurilish vaziri o‘rinbosari bo‘ldi
Bugun Toshkent shahri va Jizzax shaxrining sobiq hokimi Abduqahhor To‘xtayev O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

«Xabar.uz» bergan ma’lumotga ko‘ra, qurilish vaziriga o‘rinbosarlar ham tayinlangan. Jumladan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining sobiq hokimi Kozim Nosirovich To‘laganov yangi vazirlikda vazir o‘rinbosari sifatida ish boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kozim To‘laganov 2017 yilning mayidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirligi Prezidentning 2 apreldagi «Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bilan tashkil qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kozim To‘laganov Qurilish vaziri o‘rinbosari bo‘ldi