23:29 / 13.04.2018
6 484

Rus yigit «Islomobod» jome masjidida musulmon bo‘ldi (video)

Rus yigit «Islomobod» jome masjidida musulmon bo‘ldi (video)
Bugun, 13 aprel kuni juma namozi vaqtida avval g‘ayridin bo‘lgan yigit "Islomobod" jome masjidi imomiga muqaddas islom dinini qabul qilishida yordam so‘rab kelgan.

Masjid imomi ham o‘z navbatida ushbu yigitning so‘roviga javob bergan holda, dinimizning asoslarini tushuntirib o‘tgan. Bir g‘ayridinning islomni qabul qilishiga ko‘pchilik guvoh bo‘lishini istagan holda bugungi juma namozidan oldin jamoat oldida uni tanishtirgan.

Rus millatiga mansub yigit o‘z ismini Islomdagi eng go‘zal ism Abdullohga o‘zgartirgan. Imomning so‘zlariga ko‘ra, Abdulloh o‘z xohishi bilan, ko‘rib-bilib muqaddas dinimizni qabul qilmoqchiligini bildirgan.

Abdulloh jamoa oldida ham “Shahodat” kalimasini aytib, go‘zal Islomni qabul qilganini ko‘rsatdi.

Quyidagi videolavhada Abdullohning masjidda, jamoa oldida turib kalima qaytargani aks ettirilgan. Marhamat, ko‘rib ko‘zingizni quvnting. Musulmonlik muborak bo‘lsin, ey Abdulloh!

Manba: O‘MI Matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rus yigit «Islomobod» jome masjidida musulmon bo‘ldi (video)