20:24 / 14.04.2018
6 053

Shavkat Mirziyoyev qaysi prezidentni "ustozim" deb bilishini aytdi

Шавкат Мирзиёев қайси президентни "устозим" деб билишини айтди
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatning xorijdagi nufuzi qo‘shni davlatlar bilan munosabatga ham bog‘liq ekanini bildirdi. 13 aprel kuni Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida viloyat faollari ishtirokida tashkillashtirilgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi siyosatiga ham to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda «Kun.uz» xabar bermoqda.

«Mamlakatning xorijdagi nufuzi haqida gap ketganda, tarozining bir pallasiga uning qo‘shni davlatlar bilan munosabati qo‘yiladi. Qo‘shnidan boshqa hech kim u (biron mamlakat - tahr.) haqida yaxshiroq ma’lumotga ega emas. Shu nuqtai nazardan, Tojikiston Respublikasi bilan ancha-muncha masalalarga oydinlik kiritildi. Shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasi bilan ham xuddi shunday.

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Abishevich bilan esa aka-ukamiz, u odam ko‘pni ko‘rgan inson. Men Nursulton Abishevichni o‘zimning ustozim, deb bilaman. Ko‘p narsada maslahat berib, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi. Qolaversa, Turkmaniston prezidenti bilan katta muvaffaqiyatlarga erishmoqdamiz. Xudo xohlasa, Gurbanguli Berdimuxammedov dushanba kuni (23 aprel - Kun.uz) davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga ham kelmoqda. Biz hamma davlatlar bilan do‘stlik, birodarlik, hamkorlikni mustahkamlaymiz», dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘tgan yili 11 avgust kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan Markaziy Osiyoning mamlakat tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangani davlatning yaqin qo‘shnilar bilan do‘stlik, o‘zaro manfaat va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga asoslangan munosabatlar o‘rnatishga samimiy intilishi ekanini alohida ta’kidlagandi.

2018 yil 15 mart kuni esa Ostona shahrida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifi bilan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ilk norasmiy maslahatlashuv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu amaliy uchrashuv tarixiy va mintaqaviy nuqtai nazardan juda muhim voqea bo‘ldi.

«Bunday uchrashuvni muntazam o‘tkazish va mintaqaviy muammolarimizni birgalikda hal etish O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi. Yig‘ilishimiz hammamiz uchun umumiy bo‘lgan Navro‘z bayrami arafasida o‘tayotgani ham chuqur ma’noga ega. Albatta, alohida uchrashib turardik, muloqot qilardik, lekin bunday yaxlit uchrashuv anchadan beri bo‘lmagan edi», deb fikr bildirgan Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev.

Mahalliy hokimiyat rahbarlari bilan videoselektor o‘tkazayotgan prezident Shavkat Mirziyoyev aynan qo‘shni mamlakatlar bilan munosabatni o‘z nutqida misol qilib keltirishi - Markaziy Osiyo haqiqatan O‘zbekiston tashqi siyosatida muhim va ustuvor yo‘nalishga aylanib ulgurganini bildiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev qaysi prezidentni "ustozim" deb bilishini aytdi