23:00 / 16.04.2018
5 261

Samarqandda viloyat hokimining o‘rinbosari almashdi

Samarqandda viloyat hokimining o‘rinbosari almashdi
Foto: «Xabar.uz»
Rustam Qobilov 16 apreldan e’tiboran Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyatini boshladi. Bu haqda «Xabar.uz» xabar bermoqda.

Rustam Qobilov 1984 yilning 8 may kuni Tayloq tumanida tug‘ilgan. SamDUni (bakalavriat, magistratura) tamomlagan, sotsiolog, iqtisodchi.

2015 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.

2005—2009 yillarda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining Samarqand davlat universitetidagi boshlang‘ich tashkiloti rahbari;

2008—2009 yillarda Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti Samarqand viloyati mintaqaviy axborot-tahlil markazi ilmiy xodimi;

2009—2011 yillarda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi «Yetakchi yoshlar» markazi rahbari;

2011—2015 yillarda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Samarqand shahar kengashi raisi;

2015—2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi;

2017—2018 yillarda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Shu vaqtgacha bu lavozimda ishlab kelgan Azamat Umarov o‘z arizasiga ko‘ra ushbu lavozimdan ozod etildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda viloyat hokimining o‘rinbosari almashdi