Foto: «Spot.uz»
«Buyuk kelajak» xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Tashkilot nomi o‘zbek, rus va ingliz tillarida bir xil «Buyuk kelajak» sifatida qo‘llaniladi.
Bu tashkilot tomonidan xorijda yashab-faoliyat yuritayotgan o‘z kasbining yetuk mutaxassislari bo‘lgan o‘zbekistonlik vatandoshlar ishtirokida ekspertlik kengashi tuzilgan.
Endilikda, «Buyuk kelajak» XNNT O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha yangi takliflar taqdim etadi. Jumladan, 2021 yilga qadar qabul qilingan Harakatlar strategiyasi doirasida «Taraqqiyot strategiyasi» markazi bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib boradi.
Jumladan, turli soha mutaxassislaridan iborat ekspertlar kengashi a’zolarini faol jalb qilish orqali kelgusi yillar uchun ishlab chiqiladigan Davlat dasturlariga takliflar taqdim etib boradi.
Tashkilotning asosiy maqsadi O‘zbekistonni yanada jadal rivojlanishi uchun xizmat qiladigan uzoq muddatli taklif va strategiyalar ishlab chiqishdan iborat. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi