09:31 / 18.04.2018
6 511

Toshkent viloyatida soxta IIB xodimi qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida soxta IIB xodimi qo‘lga olindi
Joriy yilning 12 mart kuni kelib tushgan xabarga ko‘ra, Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan o‘tgan “Toshkent - O‘sh” va “A-373 Guliston - O‘sh” magistral avtomobil yo‘lida ichki ishlar organlari xizmat kiyimida shubhali “soxta yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi” xizmat olib borayotganligi haqida xabar kelib tushadi.

«Viloyat ichki ishlar boshqarmasi o‘z xavfsizligi bo‘limi va Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbir davomida «A-373 Guliston — O‘sh» magistral avtomobil yo‘lining 124—chaqirimida, yo‘l chetida Nexia rusumli 10 Z 276 MA davlat raqamli avtomashina old yo‘lovchi o‘rindig‘ida ichki ishlar organlari xizmat kiyimida bo‘lgan shaxsdan o‘zini tanishtirish so‘ralganida, xodimlarning qonuniy talablarini bajarmasdan ularga qarshilik ko‘rsatib, fuqarolik kiyimida bo‘lgan haydovchi avtomashinani katta tezlikda Ohangaron shahri yo‘nalishida boshqarib, qochib ketadi.

Ichki ishlar xodimlarining sa’y-harakatlari bilan avtomashina to‘xtatilib, tekshirilganda, haydovchi Angren shahar Nurobod qo‘rg‘onida yashovchi S.J avtomashinani tegishli xujjatlarsiz, mast holatda boshqarganligi, yonida bo‘lgan «soxta yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi» Ohangaron tumanida yashovchi X.X ekanligi aniqlandi», — deyiladi xabarda.

Ulardan ichki ishlar organlari xodimlarining bushlati, Yo‘l harakati xavfsizligi inspektori jileti va jezl tayoqchasi olindi.

Surishtiruvlar mobaynida ushbu shaxslar ilgari ichki ishlar organlarida bir muddat xizmat olib borishganligi, o‘zlarining salbiy xatti-harakatlari sababli xizmatdan bo‘shatilganligi, xizmatdan bo‘shatilgandan keyin ham ichki ishlar organlari xodimi libosini kiyib sodir etgan jinoiy qilmishlari uchun sudlanganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan X.X va S.J.lar o‘zlariga tegishli jazoni oladi, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston qonunlariga ko‘ra davlat xizmatchilarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish uchun eng kam oylik ish haqining besh baravarigacha jarima belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida soxta IIB xodimi qo‘lga olindi