16:01 / 20.04.2018
3 422

Musulmon sportchi boshqalarni optimist bo‘lishga o‘rgatmoqda

Musulmon sportchi boshqalarni optimist bo‘lishga o‘rgatmoqda
Zilzila paytida uyining ustiga qulashi natijasida yaralanib, uning ostida uch kun qolib ketgan Ufuk Kochak ikkala oyog‘ini yo‘qotadi. Biroq optimizm va o‘ziga bo‘lgan ishonch unga yana to‘laqonli hayot kechirishga imkon berdi. Yaqinda u protez qo‘yib, faol ravishda sport bilan shug‘ullana boshladi.

U 509 kilometrlik “Likiya yo‘li”ni bosib o‘tdi, akvalang bilan 22 metr chuqurlikka sho‘ng‘ib, erkin sho‘ng‘ish bo‘yicha shaxsiy rekord o‘rnatdi, bundan tashqari nogironlar aravachasida basketbol va voleybol bilan shug‘ullanadi. U o‘zi uchun yo‘qotgan so‘zini ishlatishni yoqtirmaydi, chunki u o‘zida yangi resurslar va imkoniyatlarni kashf etdi. 2003 yildan buyon u faol mashg‘ulot o‘tkazib kelmoqda va ajoyib sport formasida bo‘lib turibdi.

Endilikda Ufuk Kochak universitet va kompaniyalarda seminarlar va treninglar o‘tkazishni boshlab, unda odamlarga yetakchilik sifatlarini o‘rgatmoqda.

“Men ularga 1999 yilgi zilziladan keyingi taqdirim haqida gapirib beraman. Odamlar ikkala oyog‘im ham yo‘qligini ko‘rishadi, shu bilan birgalikda mening yutuqlarim haqida xam bilishadi. Shuning yo‘l bilan men ularga o‘z imkoniyatlarini tushunib yetishlariga imkon beraman. Ishlab topgan pullarimni nogiron birodarlarim va opa-singillarimga yordamga ishlataman”, – deydi Kochak.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Musulmon sportchi boshqalarni optimist bo‘lishga o‘rgatmoqda