21:00 / 24.04.2018
4 932

Andijonda 23 kunlik chaqaloqni 4500 dollar va 4 mln so‘mga sotayotgan ona qo‘lga olindi (video)

Andijonda 23 kunlik chaqaloqni 4500 dollar va 4 mln so‘mga sotayotgan ona qo‘lga olindi (video)
Marhamatlik Umida Abdurashidova 23 kunlik chaqalog‘ini 4500 dollar va 4 million so‘mga sotayotgan payti qo‘lga olindi. Bu haqda «Darakchi.uz» xabar bermoqda.

Umida homilador bo‘lgach, tug‘ilajak farzandini pullashni ko‘zlay boshladi. Rejadan xabar topgan Umidaning onasi esa uni bunday gunoh yo‘ldan qaytarish o‘rniga, qing‘ir maqsadini amalga oshirishga yordam berdi.

Bola tug‘ilgunga qadar ular turli yo‘llar orqali bolani sotish harakatiga tushdi.

Jinoiy guruh Buloqboshi tumanida Lobar ismli ayol bilan oldindan kelishib, 23 kunlik go‘dakni 4500 dollar va 4 million so‘mga sotayotgan paytda Andijon viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olindi. Mazkur voqea tafsilotlarini quyidagi >>>HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin.

Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda 23 kunlik chaqaloqni 4500 dollar va 4 mln so‘mga sotayotgan ona qo‘lga olindi (video)