12:25 / 25.04.2018
9 402

Qur’on musobaqasi mutlaq g‘olibi Yo‘ldoshbek qorining tarjimai holi

Qur’on musobaqasi mutlaq g‘olibi Yo‘ldoshbek qorining tarjimai holi
Nuriddinov Yo‘ldoshbek Ibrohim o‘g‘li 1995 yil 9 yanvarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xo‘jayli tumanining Kenagas qishlog‘ida tavallud topgan.

Dastlabki Qur’on ta’limini Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida istiqomat qiluvchi Ne’matulloh qori Aminjon Eshondan olgan. 2001-2010 yillarda umumta’lim maktabida, 2010-2014 yillarda Nukus shahridagi Al-Beruniy o‘rta maxsus Islom bilim yurtida tahsil olgan. Ilk Qur’on xatmini 2004 yili Ramazon oyida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome’ masjidida ado etgan.

2015 yildan hozirga qadar imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti talabasi.

Yutuqlari:

– 2008 yili o‘smirlar o‘rtasidagi shaxmat turnirida viloyat bosqichida ishtirok etgan;

– 2008 yili Kamalak Bolalar Tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan “Olg‘a sardorlar” bahsida viloyat bosqichida ishtirok etgan;

– 2011 yili XXI respublika Qur’on musobaqasi sovrindori;

– 2012 yili XXII respublika Qur’on musobaqasi sovrindori;

– 2013 yili Kuvayt davlatida bo‘lib o‘tgan 4-davra xalqaro Qur’on musobaqasida nufuzli ishtirok etib, eng peshqadamlar o‘ntaligidan joy olgan;

– 2016 yili Toshkent Islom institutida o‘tkazilgan “Qur’on ziyofati” ko‘rik tanlovi g‘olibi;

– 2016 yili Toshkent Islom institutida o‘tkazilgan ilk azon aytish musobaqasi g‘olibi;

– 2018 yili “O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018”ning mutlaq g‘olibi, oliy o‘rin sohibi.

Manba: azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qur’on musobaqasi mutlaq g‘olibi Yo‘ldoshbek qorining tarjimai holi