22:53 / 25.04.2018
5 163

“Hi-tech bank”dagi “kamchilik”ni yopib berish uchun 500 ming dollar pora olgan firibgarlar qo‘lga olindi

“Hi-tech bank”dagi “kamchilik”ni yopib berish uchun 500 ming dollar pora olgan firibgarlar qo‘lga olindi
Foto: www.prokuratura.uz
22 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan fuqaro A.Sarkisyan ushlandi.

U ayblanuvchi Ya.M.ga go‘yoki mansabdor shaxsga pora berganlik uchun javobgarlikka tortilmasligini aytib, 200 ming AQSH dollari olgan.

Shuningdek, “Hi-tech bank” mansabdor shaxslaridan tekshiruv davomida aniqlangan zararni kamaytirish va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish qo‘llanmasligiga va’da berib firibgarlik yo‘li bilan 500 ming AQSH dollari olgan fuqarolar S. Aleksandrov va Ye. Fozilov qo‘lga olindi.

2016-2017 yillarda F. Andreyev, R. Rafiqov, D. Mashkovskiy uchta jinoyat ishi bo‘yicha ayblanayotgan yaqin qarindoshlari ishonchiga kirgan. Ularni jinoiy javobgarlikdan ozod etish va oqlanishlariga va’da bergan holda jalg‘itib, buning uchun mansabdor shaxslarga 150 ming dollar pora topshirish zarurligini bildirgan. Va firibgarlik yo‘li bilan umumiy qiymati 50 ming dollar va qariyb 20 million so‘mni o‘zlashtirgan.

Bosh prokuratura fuqarolarni bu borada xushyor bo‘lib, yolg‘on va’dalarga ishonmaslik hamda bunday shaxslar qarmog‘iga ilinmaslik hamda shu kabi holatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga xabar berishga chaqirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Hi-tech bank”dagi “kamchilik”ni yopib berish uchun 500 ming dollar pora olgan firibgarlar qo‘lga olindi