21:05 / 26.04.2018
5 382

Prezident: “Toshkentda o‘tirishga hech kimga ruxsat bermayman”

Prezident: “Toshkentda o‘tirishga hech kimga ruxsat bermayman”
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

“Buxoroda bo‘lgan yig‘ilishning natijasidan Toshkentda o‘tirgan hamma rahbarlar xulosa qilsin. Juda ko‘p odam hayfsan olgan, ishdan ham ketadi. Toshkent shahar hokimiga ham bosh vazirdan boshlab, hamma o‘rinbosarlari, hamma vazirlar yordam beradi.

Yaqinda qaror chiqadi: bundan buyon Toshkentda o‘tirgan hamma rahbar, vazirlarning 70 foiz hayoti viloyatda o‘tadi. Toshkentda o‘tirishga hech kimga ruxsat bermayman. 32 mln xalqni ichida 2,5 mln Toshkent, qolgan hammasi viloyat. Odamlarimiz qanday ahvolda yashayotganini televizordan ko‘ryapsizlar: chakki tomayotgan, suvi yo‘q, gazi yo‘q, kanalizatsiya yo‘q, chirog‘i yo‘q...”, - dedi prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident: “Toshkentda o‘tirishga hech kimga ruxsat bermayman”