09:02 / 29.04.2018
13 272

Shavkat Mirziyoyev: “Vaqt o‘tgan sari Shomahmudovlar oilasi ko‘rsatgan bu qahramonlikning ahamiyati oshib bormoqda” (video)

Шавкат Мирзиёев: "Вақт ўтган сари Шомаҳмудовлар оиласи кўрсатган бу қаҳрамонликнинг аҳамияти ошиб бормоқда" (видео)
Shomahmudovlar oilasi, 1944 yil. Foto: Shomahmudovlar oilasi arxivi
O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati Ikkinchi jahon urushi yillari turli millatga mansub 14 bolani boqib olgan Shomahmudovlar oilasining qahramonligiga bag‘ishlangan videorolik e’lon qildi. Video YouTube’ga joylashtirildi.

Urush yillari Ukraina, Rossiya va Belarusdan 1 milliondan ortiq qochqin, shu jumladan, 200 ming nafar bola O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, Shomahmudovlar oilasiga o‘rnatilgan haykal 10 yildan so‘ng eski joyiga ko‘chiriladi. Shuningdek, “Xalqlar do‘stligi” nomi “Istiqlol” saroyiga, maydoniga, “Bunyodkor” metro bekatiga qaytariladi. Shayxontohur tumanidagi ko‘chalardan biriga ham Shomahmudovlar nomi qaytarildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: “Vaqt o‘tgan sari Shomahmudovlar oilasi ko‘rsatgan bu qahramonlikning ahamiyati oshib bormoqda” (video)