12:56 / 29.04.2018
6 997

Namanganda akasini o‘ldirish uchun qotil yollagan singil

Namanganda akasini o‘ldirish uchun qotil yollagan singil
Foto: IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi
Namangan viloyatining Chust tumanida 26 aprel kuni 1978 yilda tug‘ilgan A.B. viloyat IIBga murojaat qilib, singlisi N.X. tanishi Sh.D.ni uni qasddan o‘ldirish uchun yollashni rejalashtirib, M.A. orqali 1,5 million so‘m va 50 dollar berganligi, qotillikni amalga oshirgandan so‘ng yana 1000 dollar berishni va’da qilganligini bildirdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Mazkur ariza yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida N.X. va M.A. Sh.D.ga A.B.ni o‘ldirish shartligini telefon orqali qayta tushuntirib, reja amalga oshgan taqdirda qo‘shimcha 1000 dollar berilishini aytganlari yozib olindi.

A.B.ning yashash uyida go‘yoki uni qasddan o‘ldirilganligi holati sahnalashtirilib, bu haqda Sh.D. qotillik jinoyatini sodir etishga buyurtma bergan N.X. va M.A.ga ma’lum qildi.

N.X. shu kuni uyi oldida Sh.D.ga 100000 so‘m berayotgan paytda ichki ishlar organlari tezkor guruhi tomonidan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan N.X. va M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25 va 97-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda akasini o‘ldirish uchun qotil yollagan singil