Foto: «O‘zbekiston ovozi» gazetasi
«O‘zbekiston ovozi» gazetasida kimyogar-olim, Nobel mukofoti laureati, Shimoliy Karolina universiteti professori Aziz Sanjarning O‘zbekiston haqidagi fikrlari e’lon qilindi.
— Dunyoda O‘zbekistonni al Farobiy, al-Xorazmiy, al-Beruniy, ibn Sino, al-Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek kabi jahon fanining tamal toshlarini qo‘ygan olimlar Vatani sifatida bilishadi.
2015 yilda menga kimyo va biokimyo fanlari bo‘yicha Nobel mukofoti berilganida bu nufuzli mukofotni mazkur fanlarga asos solgan al-Beruniy va ibn Sinolarning avlodi sifatida qabul qilib oldim.
Haqiqatan ham go‘zal yurtingiz O‘zbekiston ota yurt Turkistonning qalbidir. U yerdagi qadim turkiy madaniyat, til, ilm-fanning markazlari bo‘lmish Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xorazm kabi shaharlarda o‘tmishda va bugungi kunda dunyo tan olgan buyuk tamaddun kamol topdi va jahoniy shuhrat taratdi.
Ulug‘bek madrasasida XV asrda astronomiya, matematika, kimyo, tarix kabi fanlarning taraqqiy etgani, bu madrasaning shuhrati, unda yaratilgan asarlarning, yulduzlar jadvalining Usmonli saltanati orqali Yevropaga yetib borgani hamda bu yurtlardagi ilm-fanning rivojiga turtki berganini faxr-iftixor bilan ta’kidlashni istayman.
Bugungi kunda O‘zbekiston fani va madaniyatining shonli an’analarini tiklash, ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish uchun Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan katta kuch-g‘ayrat sarflanayotgani meni juda quvontiradi. Ilm-fanga yo‘naltirilgan sarmoya va e’tibor, albatta, o‘z samarasini beradi.
O‘zbekistonda yaqin yillar ichida ilm-fanning beqiyos rivojlanishiga, bu yerdan dunyoga dovrug‘ soladigan olimlar yetishib chiqishiga ishonaman.
Yaqin kelajakda buyuk allomalar yurti O‘zbekistonda bo‘lib, u yerdagi qadimiy ilm-fan markazlarini ziyorat qilish, o‘zbek xalqining o‘z yurtini gullab-yashnatish borasida olib borayotgan faoliyati bilan tanishish niyatim bor.
O‘zbekistonni ko‘rish — bu mening 40 yillik orzuim. Qardosh va qondosh o‘zbek xalqiga, uning ilmga chanqoq yoshlariga alangali salomlarimni yo‘llayman. O‘zbekistonda ko‘rishguncha... “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»