08:07 / 01.05.2018
4 627

Samarqandda IIB xodimi 300 dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Samarqandda IIB xodimi 300 dollar pora bilan qo‘lga tushdi
Samarqand viloyatining Samarqand tumanida avtomobilda odam urib ketishda gumonlanayotgan shaxsdan pora olgan ichki ishlar xodimi olti yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda «Daryo» nashri ma’lum qildi.

O‘zining xizmat kabinetida vazifasini suiiste’mol qilgan holda 300 dollar olayotgan IIB xodimi qo‘lga olindi.

Jasurbek (ismi o‘zgartirilgan) 2017 yil iyulida yo‘lda velosipedda ketayotgan bolani avtomobilda urib ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan jinoyatchini topishi kerak edi.

Gumondorlar orasida «Gaz-2788837» avtomobili egasi Uchqun (ismi o‘zgartirilgan) ham bo‘lgan.

IIB xodimi «gumondorga kelisholsak, tergov-surishtiruv hujjatlarini qayta yozish hisobiga jinoiy javobgarlikdan ozod qilish mumkin», deb 500 dollar pora so‘ragan. Ammo Uchqun tegishli idoralarga murojaat qilgan.

Sud poraxo‘r IIB xodimi ustidan JKning tegishli moddalariga asosan ikki yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum etgan holda olti yil qamoq jazosini tayinladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda IIB xodimi 300 dollar pora bilan qo‘lga tushdi