09:05 / 01.05.2018
7 196

5-sinf bolani zo‘rlab ketgan o‘ta xavfli retsidivist Toshkentda qo‘lga olindi

5-sinf bolani zo‘rlab ketgan o‘ta xavfli retsidivist Toshkentda qo‘lga olindi
Foto: Kruz.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanida 2018 yil 4 fevral kuni O‘zR JK-119 moddasi 4-bo‘limi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib qidiruvda bo‘lgan, muqaddam sudlangan, 1972 yil 15 fevral kuni Kegeyli tumanida tug‘ilgan Quatbay Saburov qo‘lga olindi. Bu haqda Kruz Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Sh.Ayubovga asosan xabar bermoqda.

Jinoyatchini O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi institutida malaka oshirishda yurgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YoXB xodimlari mayor Janibek Jubanishov, mayor Mahmud Xalmuratov, mayor Rejepbay Kaniyazov hamda kapitan Sherali Polvonov 2018 yil 29 aprel kuni soat 11:30larda Toshkent shahar Yashnobod tumani Yangiobod bozorida qo‘lga oldi va shahar IIBBga topshirgan.

«KOLYa» laqabli Quatbay Saburov 5-sinf bolani zo‘rlashda ayblanib, qidiruvga berilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 5-sinf bolani zo‘rlab ketgan o‘ta xavfli retsidivist Toshkentda qo‘lga olindi