06:30 / 04.05.2018
3 613

Hunarmandlar endi Milliy aviakompaniya xizmatlaridan 25 foiz chegirma bilan foydalanadi

Hunarmandlar endi Milliy aviakompaniya xizmatlaridan 25 foiz chegirma bilan foydalanadi
Xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan ko‘rgazma, tanlov va yarmarkalarda namoyish etish uchun hunarmandchilik mahsulotlari olib chiqilishining soddalashtirilgan tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Endilikda, qiymati 5000 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan hunarmandchilik maxsulotlarini Respublika xududidan olib chiqilishida “Hunarmand” uyushmasi Badiiy kengashining xulosasi va Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy ekspertiza boshqarmasining sertifikati asos bo‘ladi. Bunda “Hunarmand” uyushmasi hunarmandlarga zaruriy xujjatlarni rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatib boradi.

Shuningdek, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi xizmatlaridan foydalanilganda ortiqcha yuk uchun 25% chegirmalar taqdim etiladi.

Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida xabar berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hunarmandlar endi Milliy aviakompaniya xizmatlaridan 25 foiz chegirma bilan foydalanadi