O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 iyuldagi «Ichki ishlar organlarining migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda pasport-viza sohasidagi (doimiy, vaqtincha propiska va turgan joyi bo‘yicha hisobga olishni rasmiylashtirish hamda manzil ma’lumotlarini taqdim etish) davlat xizmatlarini soddalashtirilgan tartib-taomillarini ta’minlovchi elektron tizimi ishlab chiqilib, 2018 yilning 1 may kunidan Toshkent shahrida turgan joyi bo‘yicha hisobga olishni rasmiylashtirish hamda manzil ma’lumotlarini taqdim etish xizmatlari sinov tariqasida ishga tushirildi.
Ushbu tizim sinov tariqasida ishlatilayotgani sababli davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida texnik nosozliklar yoki xatoliklar yuzaga kelsa yoki tizimni yaxshilash bo‘yicha takliflar bo‘lsa, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining [email protected] elektron pochtasiga ma’lumot yuborish so‘raladi.
Ushbu xizmatdan vaqtinchalik quyidagi shaxslar foydalana olmaydilar (ijara shartnomasi bo‘lmaganlar):
- agar hisobda turish uchun murojaat qilgan fuqaro (oila a’zolari bilan birga) turar-joy mulkdorining yoki ushbu turar-joyda doimiy yashayotgan shaxsning yaqin qarindoshi bo‘lsa;
- agar hisobda turish uchun murojaat qilgan fuqaro Toshkent shahar va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa hududlaridan xizmat safari, mehnat ta’tili, malakasini oshirish, davolanish munosabati bilan kelgan bo‘lsa. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring