Toshkent botanika bog‘ida Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 73 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bu yerda Ikkinchi jahon urushidagi sharoit aks ettirilgan. Okop va blindajlar qurilgan, o‘sha davr qurol-aslahalari va harbiy texnikalari namoyish etilgan. Davlatimiz rahbari ushbu ko‘rgazmani ko‘zdan kechirdi.
Dunyo tarixidagi eng dahshatli, eng qonli qirg‘in bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi insoniyatga mislsiz yo‘qotishlar, talafot va musibatlar olib kelgan. Ushbu beshafqat jangda O‘zbekistondagi mehnatga layoqatli aholining deyarli yarmi qatnashgan, ularning 500 mingdan ko‘prog‘i jang maydonlarida halok bo‘lgan. Qanchadan-qancha insonlar mayib-majruh bo‘lib qaytgan, yana qanchasi bedarak ketgan.
Xalqimiz front hududlaridan ko‘chirilgan bir millionga yaqin kishini qabul qilgan. Jumladan, ikki yuz mingdan ziyod bolalarni «Sen yetim emassan» deb oilasi bag‘riga olgan, bir burda nonini ular bilan baham ko‘rib, o‘z bolalari qatori voyaga yetkazgan.
Xalqimizning bunday bag‘rikengligi va olijanobligini, fashizm ustidan g‘alaba qozonishga qo‘shgan ulkan hissasini butun dunyo e’tirof etadi. Ikkinchi jahon urushi tugagan 9 may kuni mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida nishonlanadi.
Bayram tadbirida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan kelgan urush va mehnat faxriylari ishtirok etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 may – Xotira va qadrlash kuni bilan, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 73 yilligi bilan barcha faxriylarni, butun xalqimizni tabrikladi.
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Markaziy ashula va raqs ansambli, estrada xonandalari ijrosida kuy-qo‘shiqlar yangradi. Urush yillarining sitamli xotiralari, bugungi tinch-osoyishta hayot qadri aks ettirilgan badiiy chiqishlar qatnashchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!