19:25 / 10.05.2018
3 413

Chilonzorda noma’lum shaxslar “inomarka”ni yoqib yubordi (video)

Chilonzorda noma’lum shaxslar “inomarka”ni yoqib yubordi (video)
Foto: “Repost.uz”
Shu yilning 4 may kuni Toshkentning Chilonzor tumanida xorijiy avtomobil yonib ketdi. Bu haqda “Repost” sayti xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, mashina noma’lum shaxslar tomonidan qasddan yoqib yuborilgan. Video kuzatuv kamerasi orqali olingan bo‘lib, sayt tahririyatiga Telegram-bot orqali yuborilgan.

Mashina o‘t o‘chiruvchilar kelguncha butunlay yonib ketgan.
Foto: “Repost.uz”

Videoda mashinaning qanday qilib 16:08 da to‘satdan yonishni boshlagani ko‘rsatilgan. Bir necha daqiqadan so‘ng o‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga yetib keladi, ammo u payt mashina butunlay yonib ulguradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)