22:06 / 10.05.2018
2 963

Pasport olishga elektron navbat yo‘lga qo‘yildi

Pasport olishga elektron navbat yo‘lga qo‘yildi
Davlat personallashtirish markazi saytining yangilangan talqini ishga tushirildi, deya xabar qildi markaz ma’muriyati.

Uning yordamida O‘zbekiston fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs biometrik pasport va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasini olishga ariza berish uchun yashash joyi bo‘yicha ma’lumotlar to‘plash punktida Ichki ishlar vazirligi hujjat to‘plash punktiga shaxsan bormagan holda elektron navbatni band qilish mumkin bo‘ladi.

Band qilingan navbat raqami, sanasi va vaqti ariza beruvchiga SMS-xabar orqali bir ish kuni davomida yuboriladi. Bundan tashqari, saytda ariza-anketa blankasini to‘ldirish va chop etish yoki to‘ldirilmagan blankani chop etib olish mumkin.

Sayt pasport va guvohnomani olish uchun davlat boji to‘lovi kvitansiyasini to‘ldirish va uni bir ish kuni davomida chop etishga imkon beradi. Davlat bojini Click mobil banking tizimi orqali ham to‘lash mumkin.

Sayt kun davomida texnik muammolar sababli ishga tushadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)