08:03 / 11.05.2018
6 868

Bu yil OTM qabul imtihonlari qanday o‘tadi?

Bu yil OTM qabul imtihonlari qanday o‘tadi?
Joriy yil tashkil etilishi rejalashtirilgan OTM qabul test natijalari onlayn e’lon qilinadi. 10 may kuni "O‘zbekiston" telekanali oraqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilgan “Munosabat” tok-shousida shular haqida fikr yuritilgan. Bu haqda huquqshunos va blogger Xushnud Xudoyberdiyev xabar bergan.

Ekspertlar fikridan anglashiladiki, bu yil barcha fanga 2.1 balldan berilishi haqidagi gaplar - shunchaki mish-mish, haqiqat emas. Avvalgidek, 1.1, 2.1 va 3.1 balldan beriladi.

Ma’lum qilinishicha, test sinovlarining birinchi kuni ishlatilgan savollar keyingi kunlarda tushmaydi. Shuningdek,15 kun davomida SMS xabarlar va telefon aloqasi o‘chirilib qo‘yilmaydi, balki respublika bo‘ylab test o‘tuvchi 57 ta katta pavilonlarga aloqani uzuvchi moslamalar o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda.

"Barcha hududlardagi test savollari kitobi Toshkentga maxsus feld’egerlik xizmatlari orqali samolyotlarda olib kelinadi va Toshkentda tekshiriladi. Test javoblari ertasi kuni DTM saytida e’lon qilinadi, avvalgidek test o‘tkazilgan binoga javob varaqalari ilinmaydi. Chunki ertasi kuni u yerda boshqa testlar o‘tayotgan bo‘ladi", deydi blogger.

Ko‘rsatuvda aytilishicha, bu yildan boshlab butun respublikada testga shpargalka, telefon va h.k. olib kirishga uringan abituriyent o‘sha zahoti testdan chetlatiladi.

"Avvalgidek, kechirimli bo‘lib, telefonini olib qolib, uni nomerlangan konvertga solib, abituriyentni o‘zini testga kiritib yuborish bo‘lmaydi. Olib kirishga urinishning o‘ziyoq akt tuzib, chetlatishga sabab bo‘ladi. Va bu juda to‘g‘ri qaror, ushbu taklifni avvalroq quyidagi maqolada yozgandim", deydi Xushnud.

Test sinovlari kunduzgi, maxsus sirtqi va kechki (smenali) ta’lim shakli uchun har yili 1 avgustdan 15 avgustgacha bo‘lgan muddatda, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi. Birinchi smena soat 08:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.

Test topshiriqlarini bajarish uchun 30 ta test topshirig‘iga 1 soat, 60 ta test topshirig‘iga 2 soat, 90 ta test topshirig‘iga 3 soat vaqt belgilanadi. Bunda e’tibor berish kerakki, bu vaqt javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga berilmoqda.
Aytishlaricha, test o‘tadigan pavilonlardagi kameralar 31 iyul kuni yoqib qo‘yiladi va 16 avgust kuni o‘chiriladi;

Test sinovlari jarayonlari internet orqali translyatsiya bo‘ladi va imkoni bo‘lsa respublika hamda mahalliy telekanallar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etish ham rejalashtirilmoqda.​

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bu yil OTM qabul imtihonlari qanday o‘tadi?