13:59 / 11.05.2018
8 108

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyev ishdan olindi

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyev ishdan olindi
Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyev ishdan olindi. Bu haqda KUN.UZ axborot manbasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, B.Parpiyev boshqa ishga o‘tkazilgan. Ma’lum qilinishicha, endilikda u Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi raisining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlaydi.

Ma’lumot uchun: Botir Parpiyev 1946 yilda Andijon viloyatida, militsiya general-mayori Rahmat Parpiyevning oilasida tug‘ilgan. 1992-1996 yillarda Andijon viloyati IIB boshlig‘i, 1996-1998 yillarda O‘zbekiston IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i, 1998-2002 – O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, 2002 yilning iyun oyidan dekabr oyigacha – O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri, 2002-2004 – O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlagan, 2003 yilda bojxona xizmati general-leytenanti unvonini olgan. 2004 yildan buyon Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan.

Shu bilan birga, Davlat soliq qo‘mitasiga kim yangi rais etib tayinlanishi hozircha noma’lum bo‘lib turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyev ishdan olindi