08:03 / 12.05.2018
6 923

Majburiy ijro bo‘limi boshlig‘i pichoqlab ketildi

Majburiy ijro bo‘limi boshlig‘i pichoqlab ketildi
3 may kuni Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani Majburiy ijro byurosi boshlig‘i B. J.ni sobiq xodimi Sh. I. pichoqlagani “UzNews” nashrining huquqni muhofaza qiluvchi manbasi tomonidan xabar qilindi.

O‘zaro janjal natijasida sobiq xodimning MIB boshlig‘ini pichoqlaganiga asosiy sabab sifatida, Sh.I.ning ishdan bo‘shatilgani qilib ko‘rsatilmoqda.

MIB boshlig‘i Sh.I.ga xodimlarni lavozimga qo‘yish va ularni ishdan olish o‘zining vakolatiga kirmasligi, balki bu Viloyat MIB boshqarmasi ixtiyorida ekanligini tushuntirgan. Lekin, Sh.I. o‘zining ishdan bo‘shashida asosiy aybdor o‘zining sobiq boshlig‘i deb bilgan va uni pichoqlagan.

Bundan tashqari manbaning ma’lum qilishicha, MIB boshlig‘i B.J.ning hozirgi ahvoli ancha yaxshi holatda bo‘lib turibdi. Shuningdek, o‘sha kuni MIB binosiga kelgan Sh.I. spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lganligi ham qo‘shimcha qilinmoqda.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Majburiy ijro bo‘limi boshlig‘i pichoqlab ketildi